YHXBB xodimi avtomobilining jarimalar hisobiga katta miqdorda qarzdorligi aniqlandi
Ijtimoiy tarmoqda “Tracker” rusumli, 01202VSG davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi va ushbu video yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda bayonnoma rasmiylashtirildi.
Shuningdek, mazkur avtomobil boʻyicha oʻz muddatida bartaraf qilinmagan qarzdorlik holati yuzasidan avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qoʻyilib, ushbu holat boʻyicha Toshkent viloyati IIBB masʼul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring