Yens Stoltenberg NATO davlatlarini Ukrainadagi vaziyat yomonlashishiga tayyorlanishga chaqirdi

16:23 28 Noyabr 2023 Dunyo
244 0

Foto: Reuters

NATO Ukrainadagi jangovar harakatlarni kuchaytirishga tayyor boʻlishi kerak, shuning uchun Kiyevga harbiy yuklarni yetkazib berishni kuchaytirish kerak. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg tashkilotga aʼzo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari yigʻilishida shunday bayonot bilan chiqdi.

Uning soʻzlariga koʻra, alyans Ukraina hududida shiddatli harbiy amaliyotlarni va unga havo zarbalarini koʻrmoqda.

“Biz jangovar harakatlar va yangi havo va raketa hujumlariga tayyor boʻlishimiz kerak. Bu NATOga aʼzo davlatlar uchun Kiyevga yordamni yanada kuchaytirish muhimligini anglatadi”, — dedi Stoltenberg.

Stoltenberg, shuningdek, Ukrainaning kelajagi NATOda ekanligini va alyans yetakchilari allaqachon mamlakatni taklif qilishga qaror qilganini aytdi. Biroq bu qachon amalga oshishiga aniqlik kiritmadi. Unga koʻra, Ukraina Shimoliy Atlantika ittifoqiga aʼzo boʻlish uchun barcha shartlarni bajarishi kerak.

Avvalroq, Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Kiyev NATOga qoʻshilish uchun qanday shartlarni bajarishi kerakligini tushunmasligini aytgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер