“Jazeera Airways” Al-Quvayt va Samarqandni bogʻlaydi
Quvaytning “Jazeera Airways” aviakompaniyasi Al-Quvayt va Samarqandni toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar bilan bogʻlaydi. Al-Quvayt — Samarqand — Al-Quvayt yoʻnalishi boʻyicha muntazam parvozlar Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Birinchi parvoz esa 2023-yil 1-martga moʻljallangan.
Muntazam yoʻlovchi qatnovlari haftasiga ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, Jazeera Airways Oʻzbekistonga parvozlarni 2021-yilda boshlagan. Quvaytdan Toshkentga muntazam yoʻlovchi qatnovlari haftasiga uch marta — dushanba, seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Quvaytdan Namanganga — dushanba, chorshanba va juma kunlari.
“Jazeera Airways” Quvaytning ikkinchi milliy aviakompaniyasi boʻlib, shtab-kvartirasi oʻz terminaliga ega xalqaro aeroportda joylashgan va arzon narxlardagi havo sayohatlariga ixtisoslashgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring