Ijtimoiy soha obyektlarida ham bosqichma-bosqich muqobil energiya uskunalari oʻrnatiladi

15:00 10 Iyun 2022 Siyosat
490 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Yigʻilishda ijtimoiy soha obyektlarida ham bosqichma-bosqich muqobil energiya uskunalarini oʻrnatish muhimligi taʼkidlandi.

Mutasaddilarga kelgusi yil Investitsiya dasturi mablagʻlarining kamida 15 foizini shunday qurilmalarni oʻrnatishga yoʻnaltirish topshirildi.

Bunda, yil yakuniga qadar 2 107 ta bogʻchada, 1 ming maktabda, 1 071 ta oilaviy shifokor punkti, poliklinika va shifoxonalarda, 1 ming mahallada tashkil etilayotgan yangi tibbiyot punktlarida, 200 ta sanatoriy va boshqa dam olish maskanlarida quyosh elektr panellari va suv isitish qurilmalari oʻrnatiladi.

Shu bilan birga, 2023-yildan:

— savdo-koʻngilochar komplekslar, madaniyat va istirohat bogʻlari, restoranlar, mehmonxonalar;

— supermarketlar, doʻkonlar, bozorlar, savdo omborlari;

— avtomobillarga gaz va yoqilgʻi quyish stansiyalari;

— aeroport, temir yoʻl va avtobus vokzallari;

— xususiy taʼlim va tibbiyot tashkilotlari;

— tijorat banklari va ularning filiallari kamida 25 foiz issiq suv isteʼmoli va tashqi yoritishni muqobil energiya hisobidan qoplash talabi kiritiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер