Ijtimoiy himoya tizimi boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi

21:30 14 Fevral 2024 Siyosat
431 0

Prezident Shavkat Mirziyoyevga ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar taqdimot qilindi.

Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyasiga alohida eʼtibor qaratilib, ijtimoiy xizmat turlari va koʻlami kengaytirib kelinmoqda. 2023-yil 1-iyunda davlatimiz rahbarining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilingan edi. Unga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi.

Oʻtgan davrda Agentlik tomonidan ijtimoiy himoya tizimining samaradorligi va manzilliligi joylarga chiqib oʻrganildi. Bu jarayonda tizimni mahalla darajasida adolatli tashkil etish, toʻgʻri moliyalashtirish, ogʻir ahvolga tushib qolgan odamlarning ijtimoiylashuviga koʻmaklashishda kamchiliklar borligi ayon boʻldi.

Taqdimotda ushbu muammolarni tizimli hal etishga qaratilgan takliflar koʻrib chiqildi.

Ularga koʻra, endi mahalladagi “yettilik” oilalardagi ijtimoiy muammoning sababi, ularga taʼsir qiluvchi omillar aniqlaydi, mavjud imkoniyatlar baholab, ularni ogʻir vaziyatdan olib chiqish boʻyicha ijtimoiy xizmatlarni safarbar qiladi.

“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasidan yordamlarni oilaning ijtimoiy ahvolini individual baholash asosida koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi.

Davlatimiz rahbari bu takliflarni maʼqullab, tegishli hujjatlarni ishlab chiqish, hayotga samarali joriy etish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiya talablarini hayotga tatbiq etishni izchil davom ettirish, jumladan, nogironligi boʻlgan insonlarga koʻmaklashish, jamiyatga integratsiya qilish, sifatli protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish zarurligi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер