Iyul oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʻrtacha 0,1 % ga pasaygan
Foto: Illustrativ foto
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning iyul oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʻrtacha 0,1 % ga pasaygan.
Yillik oʻsishda isteʼmol narxlari indeksining oʻsish darajasi 12,3 % ga yetdi.
2022-yilning iyul oyida narxlar va tariflar oʻsishida yetakchi oʻrinlarni nooziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari oʻrtacha 0,9 foizga oshdi.
Shu davrda aholiga pullik xizmatlar 0,3 foizga oshdi.
2022-yilning iyul oyida oʻtgan oyga nisbatan oziq-ovqat mahsulotlari 1 % ga arzonlashgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring