Italiyalik turistlar tashrifi qariyb 3 barobarga oshgan
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida 23 352 nafar Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 15 468 nafarga yoki 3-martaga oshgan.
2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan Italiya fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:
— dam olish (turizm) – 20 557 nafar
— qarindoshlarni yoʻqlash – 1 513 nafar
— xizmat yuzasidan – 1 195 nafar
— oʻqish maqsadida – 71 nafar
— tijorat – 16 nafar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring