Italiyada Buxoro amirining oltin kolleksiyasi topildi
Foto: Arxiv surat
Rimda Buxoro amirining oltin kolleksiyasi topilgan. Bu haqda bugun Samarqandda boʻlib oʻtayotgan VI Xalqaro kongressda mashhur Sharq xalqlari sanʼati milliy muzeyi vakili Paola Damore maʼlum qildi.
U oʻz nutqida Rimning «Juzeppe Tuchchi» muzeyidan Buxoro amirining oltin kolleksiyasi saqlanayotganini aytdi.
Shuningdek mehmon muzeyda Kushonlar davriga oid osori-atiqalar – marjonlar, uzuklar, bilaguzuklar, sirgʻalar va tilla quymalari, Oʻzbekiston tarixiga oid turli bezakli taqinchoqlar oʻrin olganini ham aytib oʻtdi.
Paola Damore 60 jildlik “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” kitob-albomiga alohida qiziqish bildirib, Butunjahon jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring