Italiya prezidenti kasalxonaga yotqizildi
Foto: Global Look Press
Italiya prezidenti Serjio Mattarella shifoxonaga yotqizildi.
Mahalliy “La Stampa” gazetasining oʻz manbalariga tayanib xabar berishicha, prezidentga yurak stimulyatori oʻrnatish uchun shifoxonaga joylashtirilgan.
Bir kun avval Mattarella Rimdagi Santo Spirito kasalxonasining kardiologiya boʻlimiga olib kelingan. Maʼlum boʻlishicha, unga yurak stimulyatori oʻrnatish zarurati bor.
Xabarda aytilishicha, bu rejalashtirilgan protsedura.
Mattarella hozir 83 yoshda. U dastlab 2015-yilda Italiya prezidenti boʻlgandi, 2022-yilda esa qayta saylangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring