Italiya Prezidenti ham Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident janoblari!
Tugʻilgan kuningiz munosabati bilan eng samimiy tabriklarimni qabul qiling.
Fursatdan foydalanib, kecha tavallud kunim munosabati bilan menga yoʻllagan ezgu tilaklaringiz uchun Sizga samimiy minnatdorlik bildiraman.
Toshkent va Rim oʻrtasidagi munosabatlarning muhimligi va izchil rivojlanib borayotganini tasdiqlovchi uchrashuvlarimizni alohida iliqlik bilan eslayman. Bizni tobora jadal rivojlanib borayotgan strategik sheriklik birlashtirib turadi va u bundan buyon ham muvaffaqiyatli mustahkamlanib va rivojlanib boraverishiga ishonaman.
Ushbu fayzli kunda, muhtaram Prezident janoblari, Sizga va oilangizga baxt-saodat tilayman.
Serjo Mattarella,
Italiya Respublikasi Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring