Italiya filmlarida kiyilgan kostyumlar koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi
XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida kecha, 1-oktyabr kuni Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasida Italiya filmlarida kiyilgan kostyumlar koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.
Maʼlumot uchun, koʻrgazmada 30 dan ortiq filmlarda ishlatilgan kostyumlar namoyish qilindi.
Tadbirda Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov, galereya direktori Kamola Batirovna va boshqalar soʻzga chiqdi.
Tadbirda modaning filmlardagi ahamiyati haqida ham soʻz bordi.
Maʼlumot uchun, koʻrgazma 1955-yildan 2019-yilgacha boʻlgan davrdagi filmlarni oʻz ichiga olgan. Unda Viskontining “Oq tunlar” filmidan boshlab, Igortning “5” filmi bilan yakunlangan Italiya kinosining samarali yillari palitrasini ochadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring