IT-mutaxassislari uchun karantin cheklov boʻla olmaydi

07:09 18 May 2020 Jamiyat
1937 0

Bugungi kunda IT sohasiga qiziqish kuchayib, xorijda ham, oʻzimizda ham bu zamonaviy sohani tanlash istagida boʻlgan yoshlar soni oshib bormoqda. Shunday vatandoshlarimizdan biri Sunnatillo Toshev.

2014-yilda AQSHga ishlash maqsadida borgan Sunnatillo Buxoro shahrida tugʻilgan va Buxoro Muhandislik-texnologiya institutida tahsil olgan. Hozirda IT sohasida faoliyat yuritadigan vatandoshimiz bilan sohaning afzalliklari va karantinni unumli oʻtkazish haqida suhbatlashdik.

— IT sohasi zamonaviy kasblar ichida jozibadorligi bilan eng oldingi oʻrinlarda turadi. Sizni bu sohaga nima yetaklab keldi?

— Toʻgʻrisini aytsam, ilgari IT sohasiga qiziqmaganman, bu soha haqida AQSHga kelib bildim. Kelajak qaysi sohaga bogʻliq ekanligiga qiziqib qoldim va internet sahifalardan qidirib, IT sohasidagi maʼlumotlarga koʻzim tushdi. Shundan keyin sohani puxta oʻrganish maqsadida resurs qidirishni boshladim va vatandoshimiz tomonidan tashkil etilgan My IT Education oʻquv markazini topdim. Bu kasbning qulayligi shundaki, dunyoning qaysi mamlakatiga bormang, sohangiz boʻyicha ish topa olasiz. Bundan tashqari, hozir butun dunyo koronavirus sabab uyda oʻtirgan bir paytda ham IT sohasi vakillari ishlashdan toʻxtashgani yoʻq.

— Ushbu oʻquv markazining boshqalaridan qanday farqi bor deb oʻylaysiz?

–Boshqa oʻquv markazlaridan My IT Educationning farqi shundaki, unda darslar ishdan keyin boshlanadi va bu AQSH sharoiti uchun muhim. Qolaversa, barcha talabalar darsni tushunib olmaguncha, dars tugallanmaydi. Bundan tashqari bu yerda faqat IT tiliga eʼtibor qaratilmaydi, balki 6 oy davomida barcha

Operatsion sistemalar, HTML, CSS, JAVASCRIPT, JQUERY, PHP, LARAVEL, LINUX, DATABASE, SQLlarni oʻrganish imkoni bor. Yana bir yaxshi tomoni, sohaga doir ishlarga joylashish imkoni ham beriladi.

— IT-mutaxassis boʻlishning 5 ta afzalligini sanab oʻtsangiz.

— Aslida sohaning afzalliklari koʻp, shulardan beshtasini sanab oʻtaman:

1.Serdaromad ish.

2.Oilangiz uchun yetarlicha vaqt ajrata olasiz.

3.Uyda turib ishlash imkoniyati.

4.Qaysi davlatda boʻlmang, ish topiladi.

5.Ishdan tashqari oʻz loyihalaringiz ustida ham ishlashingiz mumkin.

— Ayni paytda qayerda faoliyat yurityapsiz va bugungi ishingizda zamonaviy sohani oʻrganganingizning qanchalik hissasi bor?

— Hozirgi kunda oʻquv kursi rahbari Jon Toshmatov va boshqa hamkasblarimiz bilan oʻzbek vatandoshlarimiz uchun oldindan ish yuritib kelayotgan “Sherdor” restoranining veb-sahifasi ustida ish olib boryapmiz. AQSHda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz va boshqalar ham oʻzbek milliy taomlarimizni shu veb-sahifa orqali onlayn ravishda buyurtma qilishlari mumkin. Oʻquv kursida nafaqat ilm oʻrganmoqdamiz balki loyihalar ustida ishlashimiz uchun ham imkon yaratilib, tajribamiz oshishiga ham yordam berilmoqda.

— Oʻzbek yoshlariga karantin paytida vaqtini unumli oʻtkazish boʻyicha qanday tavsiyalar bera olasiz?

— Dunyo karantindan qachon butkul chiqishi nomaʼlum. Shunday ekan, vaqtni bekor oʻtkazmay, Jon Toshmatovning YouTube kanaliga aʼzo boʻlishni va darslarni kuzatib borishni tavsiya qilaman. Har yakshanba kuni 2-3 soat bepul darslar oʻtiladi. Sohaga qiziqqanlar oʻzlari uchun koʻp narsa oʻrganishlari mumkin. Menga oʻxshab oldin qiziqmaganlar esa serdaromad, zamonaviy sohani oʻzlashtirish uchun yaxshi motivatsiya olishlari mumkin.

Mansur Yahyoyev suhbatlashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер