It bolalarni ilondan qutqarib qoldi
Hindistonda pitbul bolalarni kobradan qutqarib qoldi. Bu haqda Hindustan News xabar bermoqda.
Hodisa 24-sentyabr, seshanba kuni Uttar-Pradesh shtatida sodir boʻlgan. Bolalar oʻynayotgan uyning hovlisiga zaharli ilon kirib kelgan. Ular kobrani payqab, qichqira boshlashgan. Bu vaqtda uy hayvoni bogʻning narigi chekkasida bogʻlangan holatda boʻlgan.
Biroq yordam soʻrab qichqiriqni eshitgan it bogʻichni uzilib, ilon tomonga yugurgan. It egasining aytishicha, u zaharli sudralib yuruvchilar bilan birinchi marta kurashayotgani yoʻq. Uning soʻzlariga koʻra, bu voqeadan oldin it uy yaqinida sudralib yurgan oʻntagacha ilonni boʻgʻib oʻldirishga muvaffaq boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring