Isteʼmolga yaroqsiz yogʻ mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
Foto: Prokuratura Departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkabogʻ tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Y.” MFYda yashovchi N.N. oʻz uyining yordamchi xoʻjaligida isteʼmolchilarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yogʻ mahsuloti ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelganligi aniqlanib, qoʻlbola usulda yelim idishlarga qadoqlangan jami 1 551 litr yogʻ va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring