Isteʼmolchilarga toʻlangan keshbek 1 trln soʻmdan oshdi
Mart oyida 2,2 mln nafarga yaqin isteʼmolchilar tomonidan 118 mlrd soʻmdan ortiq keshbek yigʻildi. Ayni paytda 1,6 mln nafarga yaqin isteʼmolchiga 76,3 mlrd soʻm toʻlab berildi.
Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida oʻtgan oylar uchun yana 1,2 mlrd soʻm keshbek tasdiqlandi.
Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 1 trln 79 mlrd soʻmdan oshdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring