“Istanbul Bashakshehir” jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Oʻzbekistonlik futbolchilar Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev toʻp surayotgan Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Bu haqda klub oʻzining rasmiy saytida xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, endilikda jamoani taniqli turk mutaxassisi Nuri Shahin boshqaradi. Tomonlar barcha shartlarni kelishib olgan.
Nuri Shahin futbolchi sifatida “Feyenoord”, “Liverpul”, “Borussiya Dortmund” va “Real Madrid” kabi jamoalarda oʻynagan. U 2021-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Aynan shu yildan Shahin “Antaliyaspor” klubida bosh murabbiy sifatida ish boshlagan. Soʻnggi 2-yilda mutaxassis Germaniyaning dunyoga mashhur “Borussiya Dortmund” jamoasini boshqardi. Uning boshqaruvida “dortmundliklar” 27 ta oʻyin oʻtkazib, ushbu bahslardan 12 tasida gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻldi.
Maʼlumot uchun, “Istanbul Bashakshehir” klubini shu vaqtga qadar boshqa bir mahalliy mutaxassis — Chagʻdash Atan boshqarib kelgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring