Istanbulda haydovchi ataylab odamlarning ustiga avtomobilni haydadi
Turkiyaning Istanbul shahrida mudhish hodisa yuz berdi. Bu yerda avtomobil piyodalarning ustiga bostirib kelishi oqibatida besh kishi tan jarohati olgan.
Bu haqda mahalliy NTV telekanali xabar tarqatdi. Manbada aytilishicha, haydovchi va sevgilisi bilan tortishib qolgan. Janjalga oʻsha yerdagi odamlar ham aralashib, ularni tinchitishga uringan. Ammo haydovchi bundan yanada gʻazablanib, mashinaga oʻtirib, ataylab odamlarni ustiga haydagan.
Huquq-tartibot idoralari haydovchini qoʻlga olgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring