Issiqlik manbaisiz issiqxona

13:13 09 Dekabr 2022 Jamiyat
643 0

Foto: Xalq so‘zi

Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanida istiqomat qiluvchi Moʻydinjon Abdurahimov qishning sovuq kunlarida ham issiqlik taʼminotisiz faoliyat yurituvchi issiqxonaga ega sohibkorlardan biri. U oʻz tomorqasida tashkil etgan issiqxonasida sitrus mevalar yetishtirishning xadisini olgan.

— Issiqxonamizni xitoycha usulda tashkil etganmiz, - deydi Moʻydinjon Abdurahimov. — Yaʼni, yer ostida joylashgan boʻlib, usti ikki qavvat plyonka bilan yopilgan. Tashqarida 20 daraja sovuq boʻlganda ham bu yerda 5 darajadan 15 darajagacha issiqlikni taʼminlash mumkin. Buning uchun hech qanday yonilgʻiga hojat yoʻq.

Odatda respulikamiz issiqxonalarida limon yetishtirish tajribasi ommalashgan. Moʻydinjon Abdurahimov issiqxonasida esa mandarinni yigʻish mavsumi boshlandi.

— Mandarin daraxti 200-yil umr koʻradi, - deydi u. — Tomorqamdagi koʻchatlar 4 yillik boʻlishiga qaramay, moʻl hosil bermoqda. Umuman olganda, bir sotix maydonda 1 tonna meva yigʻishni rejalashtirganmiz.

Bu yil Andijon viloyatidagi mavjud issiqxonalardan 12 ming 623 tonna mahsulot yigʻishtirib olindi. Bu koʻrsatkichda tomorqalarda yetishtirilgan hosillarning ham munosib hissasi bor.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер