Issiqxonada banandan moʻl hosil olinmoqda

18:57 18 Yanvar 2024 Jamiyat
681 0

Bulungʻur tumanining Sariqipchoq mahallasida yashovchi Erkin Xolmamatov tomorqasining 4 sotixida limon va yana 4 sotixida pakana boʻyli (karlik), serhosil navli banan parvarishlab, moʻl hosil olib kelyapti.

— Dastlab 4 sotix issiqxonada 10 tup banan koʻchatini ekkan boʻlsak, ayni kunda ularning soni 50 tupga yetdi, — deydi Erkin Xolmamatov. — Birinchi terimdan 400 kilogramm hosil olib, hozirgacha 15 million soʻmga sotdik. Kelgusida 50 tup banan hosilga kiradigan boʻlsa, yiliga 70 million soʻmga yaqin daromad qilish imkoniyati paydo boʻladi.

Banan issiqsevar meva, sovuqqa chidamsiz. Shu bois uni yetishtirishda harorat 10 gradusdan tushishi kerak emas. Suvni juda yaxshi koʻradi. Mevasi gullaganidan keyin, taxminan 3 oylarda pishib yetiladi.

Ahamiyatli tomoni banan yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyasidan foydalanilmoqda. Isitish tizimi esa koʻmirga moslashtirilgan.

Shuningdek, xonadonning 4 sotixli issiqxonasida parvarishlanayotgan limondan har yili 1 tonnaga yaqin hosil saranjomlanib, 30 million soʻmga yaqin daromad olinmoqda.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер