Isroilning Gʻazo sektoriga bergan raketa zarbalari harbiy jinoyat hisoblanishi mumkin — BMT
Foto: Anadolu Agency
Isroilning Gʻazo sektoriga tinch aholi oʻlimiga olib kelgan raketa hujumlari harbiy jinoyat deb tasniflanishi mumkin.
Ushbu fikrlarni BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Mishel Bacheletning aytib oʻtdi.
Uning soʻzlariga koʻra, Oliy Komissar boshqarmasi hujumlar harbiy maqsadlarga qaratilganligi toʻgʻrisida hech qanday dalil topmagan.
“Isroilning ushbu binolarning koʻpida qurolli guruhlar joylashgan yoki harbiy maqsadlarda foydalanilgan degan daʼvolariga qaramay, biz bunga dalillarni koʻrmadik”, deydi Bachelet.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring