Isroildagi oʻzbekistonliklar shoshilinch ogohlantirildi
Isroilda istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolariga hozirgi vaqtdagi intensiv raketa otishmalari munosabati bilan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini koʻrish qatʼiy tavsiya qilindi. Bu haqda Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi bayonot chiqardi.
Oʻzbekiston elchixonasi fuqarolardan quyidagilarni soʻradi:
- Raketa hujumlari paytida tezlik bilan bomba boshpanalariga kiring.
- Isroil hukumati va Oʻzbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil front orti qoʻmondonligi bildirishnomalari va ogohlantirishlariga amal qiling.
- Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va Oʻzbekiston elchixonasining aloqa maʼlumotlarini doimo oʻzingiz bilan olib yuring.
Shoshilinch yordam yoki maslahat kerak boʻlsa, Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qilish mumkin:
• Favqulodda yordam telefonlari :
03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076
• Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun:
054 485 1397
• Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring