Isroildagi Xitoy elchisining jonsiz tanasi topildi
Xitoy Xalq Respublikasining Isroildagi elchisi Du Vey Tel-Aviv shimolidagi oʻz qarorgohida oʻlik holda topildi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar xabar bermoqda.
Isroil Tashqi ishlar vazirligi diplomat oʻlganini tasdiqladi.
Isroil ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, hozirgi vaqtda politsiya diplomatning oʻlimi sababini oʻrganmoqda.
Dastlabki tergov xulosalariga koʻra, Veyning tanasida kaltaklanish belgilari yoʻq, yurak xuruji oʻlimga sabab boʻlishi mumkin.
Maʼlumot uchun, diplomat 58 yoshda edi. Du Vey 2020-yil fevral oyida Xitoyning Isroildagi elchisi etib tayinlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring