Isroilda muxolifat yetakchilari Netanyaxuning isteʼfosini talab qilishmoqda
Netanyaxuning Isroil ichki xavfsizlik xizmati rahbari Shin Betni ishdan boʻshatish haqidagi taklifi mamlakatdagi siyosiy holatni izdan chiqarishi mumkin, deb xabar bermoqda “Al Jazeera” nashri.
Unga koʻra, Isroil bosh vazirining mazkur bayonotidan soʻng muxolifat yetakchisi Yair Lapid Netanyaxuning oʻzini isteʼfoga chiqarish kerakligini taʼkidladi.
“Agar ichki xavfsizlik xizmati rahbari ishonchni yoʻqotgani uchun isteʼfoga chiqariladigan boʻlsa, birinchi boʻlib Netanyaxuni ishdan boʻshatish kerak. Isroil hukumati allaqachon ungga boʻlgan ishonchini yoʻqotdi”, — deydi Yair Lapid
Shuningdek, yana bir muxolifat siyosatchisi Yair Golan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu koʻp yillar davomidagi rahbarligi davrida mamlakatni allaqachon diktaturaga aylantirib olganlikda ayblagan.
“Netanyaxu oʻzini xohlagan narsani qila oladigan oliy hukmdor deb hisoblaydi. U korrupsioner. Hukumat esa uning buyruqlariga soʻzsiz boʻysunib, u xohlagan ishini qilishiga sharoit yaratib beryapti”, — deydi siyosatchi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring