Isroil mudofaa vaziri Gʻazo shahrini egallash operatsiyasini maʼqulladi
Isroil mudofaa vaziri Isroil Kas “Gideon aravalari — 2” nomini olgan harbiy operatsiyani tasdiqladi. Bu haqda Kan telekanali xabar berdi.
“Operatsiya yakunlangach, Gʻazo mutlaqo oʻzgacha koʻrinishga ega boʻladi va hech qachon avvalgidek boʻlmaydi”, — dedi Kas.
Maʼlumotlarga koʻra, Isroil armiyasi zaxiradagilarni chaqirishni boshlamoqda. 20-avgustdan boshlab 80 mingga yaqin chaqiruv qogʻozlari yuborilishi rejalashtirilgan. Bu qadam armiyaning Gʻazoga yoʻnaltirilayotgan qurolli hujumga tayyorgarliklari bilan bogʻliq.
18-avgust kuni SAXAL bosh shtabi rahbari Eyal Zamir operatsiyaning keyingi bosqichi — Gʻazo shahriga qurolli yurishga tayyorgarlik koʻrilayotganini maʼlum qildi. Unga koʻra, shtab hozirda batafsil rejalar ustida ishlamoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Isroilning harbiy-siyosiy kabineti ham Gʻazo shahri ustidan nazorat oʻrnatish rejasini maʼqullagan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring