Isroil HAMAS qoʻmondonlaridan birini yoʻq qilganini maʼlum qildi

02:05 24 Noyabr 2023 Dunyo
624 0

Foto: Reuters

Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektori janubida HAMAS harbiy-dengiz kuchlari qoʻmondoni yoʻq qilinganini maʼlum qildi.

Isroil mudofaa kuchlari Falastinning HAMAS guruhi harbiy-dengiz kuchlari qoʻmondoni Gʻazo sektori janubidagi Xon Yunis shahrida yoʻq qilingani haqida xabar berdi. Qayd etilishicha, operatsiya Isroil mudofaa kuchlari va mamlakat xavfsizlik xizmati rahbarligida oʻtkazilgan.

“Amar Abu Jalola HAMAS harbiy-dengiz kuchlari qoʻmondoni boʻlgan va dengizda Isroil mudofaa kuchlari tomonidan bartaraf etilgan bir necha teraktlar uyushtirishda ishtirok etgan”, deyiladi xabarda.

Isroil armiyasining aniqlik kiritishicha, HAMAS harbiy-dengiz kuchlari qoʻmondoni va harakatning yana bir jangarisi havo hujumi natijasida oʻldirilgan.

Avvalroq, Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi Daniel Hagari anklavda garovga olinganlarning bir qismini ozod qilish boʻyicha kelishuv doirasida tashkil etilgan oʻt ochishni toʻxtatish rejimida yahudiy davlati harbiylari Gʻazo sektoridagi oʻz pozitsiyalarida qolishini maʼlum qilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер