Isroil HAMAS xavfsizlik apparati rahbarini yoʻq qildi
Foto: Reuters
Isroil harbiy-havo kuchlari HAMAS harakatining Gʻazoning gʻarbiy qismidagi xavfsizlik apparati rahbari Mahmud al-Asvadni yoʻq qildi. Bu haqda SAHAL bayonotiga tayanib, TASS xabar berdi.
Maʼlumotga koʻra, Isroil qiruvchi samolyoti zarba berib, HAMASning yuqori darajali vakili Mahmud al-Asvadni yoʻq qilgan.
SAHALning qayd etishicha, al-Asvad HAMAS xavfsizlik apparatida muhim shaxs boʻlgan va harakat uchun muhim maʼlumot manbai sifatida xizmat qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring