Isroil Gʻazoda yangi quruqlikdagi operatsiyani boshladi

23:41 29 Mart 2025 Dunyo
409 0

Foto: AP

Isroil Mudofaa kuchlari Gʻazo sektori janubida yana quruqlikdagi operatsiyani boshladi.

Maʼlum qilinishicha, Al-Janina hududidagi harbiy amaliyotlardan maqsad Gʻazo janubidagi xavfsizlik zonasini kengaytirishdir. Bundan tashqari, Isroil harbiy-havo kuchlari Gʻazo sektoridagi Falastinning HAMAS harakati va “Islom jihodi” tashkiloti manzillariga zarba berishda davom etmoqda.

“Dam olish kunlari nishonga olingan manzillar orasida qurol-yarogʻ omborlari, raketa otish moslamalari va harbiy obyektlar bor edi”, deyiladi Isroil armiyasi bayonotida.

Shu yilning 18-martga oʻtar kechasi Isroil HAMASga qarshi harbiy amaliyotini va 19-yanvardan buyon oʻt ochishni toʻxtatish rejimi amalda boʻlgan Gʻazo sektoriga zarbalarni qayta boshladi. Bunga yahudiy davlatining iddaosicha HAMASning oʻt ochishni toʻxtatish davrida garovga olinganlarni ozod qilish va uni uzaytirish boʻyicha AQSH rejasini rad etishi sabab boʻlgan.

Isroil AQSHni jangovar harakatlar davom etishi haqida oldindan ogohlantirgan. Biroq, HAMAS asirlarning hayotini xavf ostiga qoʻyib, oʻt ochishni toʻxtatishni bekor qilgan aynan Isroil ekanligini taʼkidlamoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер