Isroil elchisi Oʻzbekistondagi missiyasini yakunladi
Isroilning Oʻzbekistondagi elchisi Zeavit Ben-Hillel bugun, 18-iyul kuni u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan uchrashdi. Bu haqda Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.
“Elchi xonimning faol hamkorligi va davlatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qoʻshgan salmoqli hissasini, ilgʻor tashabbuslarini yuksak baholaymiz hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deydi Mirziyoyeva.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring