Isroil AQSH raketaga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirishi uchun quruqlikdagi operatsiyani kechiktirgan

22:39 25 Oktyabr 2023 Dunyo
357 0

Arxiv surat

Vashington Yaqin Sharqqa 10 ga yaqin havo mudofaa tizimini joylashtirmoqchi. Bu haqda “The Wall Street Journal“ nashri oʻz manbalariga tayanib yozmoqda.

Nashrga koʻra, Isroil Amerika Qoʻshma Shtatlari Yaqin Sharqqa qoʻshimcha raketaga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirib olishi uchun quruqlikdagi operatsiya boshlanishini kechiktirishga rozi boʻlgan.

“Vashington Iroq, Suriya, Quvayt, Iordaniya, Saudiya Arabistoni va BAAdagi Amerika qoʻshinlarini himoya qilish uchun Yaqin Sharqqa 10 ga yaqin havo mudofaa tizimini joylashtirmoqchi. Isroil hukumati Amerika Qoʻshma Shtatlari ushbu tizimlarni joylashtirguncha kutishga rozi boʻldi. Qoʻshimcha havo mudofaa tizimlarini joylashtirish shu hafta yakunlanishi kutilmoqda”, deya yozmoqda nashr.

Nashrning taʼkidlashicha, Isroil oʻz qarorida Gʻazo sektorida koʻproq garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha diplomatik saʼy-harakatlarni, shuningdek, gumanitar jihatni ham hisobga olgan, biroq AQSH qoʻshinlariga tahdid asosiy tashvish boʻlgan.

Amerika maʼmuriyati vakillarining nashrga maʼlum qilishicha, Vashington quruqlikdagi operatsiya boshlanganidan keyin AQSH Qurolli kuchlari mintaqadagi turli qurolli guruhlarning hujumlariga duchor boʻladi, deb hisoblamoqda.

Oʻtgan hafta Iroq va Suriyadagi AQSH bazalariga uchuvchisiz samolyotlar tomonidan uyushtirilgan hujumlar natijasida 20 nafardan ortiq amerikalik harbiy jarohatlangani xabar qilingandi. Umuman olganda, 17-oktyabrdan 24-oktyabrgacha AQSH va koalitsiya kuchlariga Iroqda 10-marta, Suriyada 3-marta hujum qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер