Ispaniyada yoqqan qor qalinligi 50 sanitimetrga yetdi

17:36 08 Yanvar 2021 Dunyo
1481 0

Ispaniyaning shimoliy va markaziy qismida kuchli qor yogʻdi. Bu haqda «Izvestiya» telekanali xabar bermoqda.

Hududda boʻron sabab harorat pasayib ketgan. Madridda yogʻingarchilik miqdori 10 sm.ga, Andalusiya togʻlarida qor qalinligi 50 sm.ga yetgan. Yoʻllarda tirbandliklar vujudga kelgan, avtomagistral esa qor bilan toʻsilib qolgan. Boʻron tufayli 30 ga yaqin reys bekor qilindi. Shaharlar va avtomobil yoʻllarini tozalashga harbiylar jalb etildi.

Maʼlumotlarga koʻra, Ispaniyada sovuq harorat 10-yanvargacha davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер