Ispaniyada oʻqituvchilari koronavirus yuqtirib olgan maktab yopildi
Ispaniya hukumati bir necha oʻqituvchilarda COVID-19 aniqlangach Bask hududidagi boshlangʻich maktabni yopdi. Bu mamlakat boʻylab taʼlim muassasalari shu haftada qayta ochilganida keyin butunlay faoliyati toʻxtatilgan birinchi maktab boʻldi.
Ispaniyada olti oylik tanaffusdan keyin oʻquvchilar biroz xotirjam boʻlib maktabga qaytishgandi. Lekin taʼlim dargohlarining ochilishi yangi kasallanish holatlarini yana-da oshirib yuborishi haqida xavotirlar ham mavjud. Hozirda Ispaniya Sharqiy Yevropadagi virus eng koʻp tarqalgan mamlakat boʻlib turibdi.
Oʻqituvchilar va ota-onalar oʻquvchilar sogʻligi va xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlar maktab ochilishiga ozgina vaqt qolganda amalga oshirilgani uchun hukumatni tanqid qilishdi.
Lekin, taʼlim vaziri Izabel Selaning aytishicha, maktablarning qayta ochilishi ijobiy tarzda yuz berdi va kasallanish holatlari faqat bir necha joylardagina aniqlandi xolos.
“Bizning 26800 ta maktabimiz bor. Kechagi holatga koʻra, maktablarimizning 53 tasida kasallanganlar aniqlangan. Bu maktab xodimlarining juda yaxshi ishlaganlarini anglatadi” deydi Sela.
Ispaniyada shu hafta boshida COVID-19 aniqlangan maktablarda faqat bir necha oʻquvchilar uyga joʻnatib yuborilgan va kam sonli oʻqituvchilar karantinga olingandi. Lekin, Baskdagi boshlangʻich maktab batamom yopildi.
Ispaniyada hozirgacha jami boʻlib 554 143 kishi koronavirusni yuqtirib olgan va ularning 29 699 tasi vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring