Islomiy bank faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari belgilandi

14:58 28 Mart 2026 Hujjatlar
595 0

Qonun (OʻRQ–1126-son, 27.03.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Ushbu Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga islomiy bank faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslarini belgilovchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

Unga koʻra, bankning islomiy moliya operatsiyalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

— foydani taqsimlash sharti asosida mijozni moliyalashtirish yoki pul mablagʻlarini investitsiyaviy omonatlarga jalb etish;

— vakillik shartnomasi orqali pul mablagʻlarini berish yoki investitsiyaviy omonatlarga jalb etish;

— tovarni nasiyaga sotish orqali mijozni moliyalashtirish;

— tovarlar uchun oldindan haq toʻlash orqali mijozni moliyalashtirish;

— birgalikdagi faoliyatni (sherikchilik) amalga oshirish yoki yuridik shaxslarning ustav kapitalida ishtirok etish orqali mijozni moliyalashtirish;

— mol-mulkni islomiy ijaraga berish (sotib olish huquqi bilan).

Oʻzbekistonda bank faoliyatini amalga oshirishga ushbu Qonunda belgilangan tartibda tashkil etilgan va Markaziy bank tomonidan beriladigan tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar haqlidir.

Mazkur litsenziya amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi va litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga oʻtkazish taqiqlanadi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер