Islom sivilizatsiyasi markazida yongʻin yuz berdi
Videodan kadr
Toshkent shahar Olmazor tumanida qurilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 19-avgust soat 11:11 da poytaxtning Olmazor tumani Zarqaynar koʻchasida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markazi hududida qurilish mahsulotlari yonayotgani toʻgʻrisida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, aytilgan manzilda navbatchilikda turgan va boshqa yordamga yetib borgan yongʻin qutqaruv ekipajlari tomonidan alangani oʻchirish ishlari amalga oshirilmoqda.
FVVga koʻra, yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan. “Qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Buxoro shahridagi tarixiy imoratlar yaqinida joylashgan oshxonada yongʻin yuz bergani haqida xabar berilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring