Islom taraqqiyot bankiga yangi prezident tayinlandi
Joriy yilning 20-iyul kuni Islom taraqqiyot banki (ITB), Boshqaruvchilar Kengashi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov ITB Guruhining Bosh kotibiyati tasdigʻiga muvofiq, Boshqaruvchilar Kengashi Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan taklif etilgan nomzod – doktor Muhammad Sulaymon al-Jassirni ITBning yangi prezidenti lavozimiga besh yil muddatga saylash toʻgʻrisida sirtdan qaror qabul qilganligini eʼlon qildi.
Boshqaruvchilar Kengashi, shuningdek, Ikki muqaddas masjid xodimi, Podshoh Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud va Saudiya Arabistoni Podshohligi hukumatiga ITBni tashkil etilganidan buyon qoʻllab-quvvatlab kelayotgani uchun oʻzining chuqur minnatdorligini bildirishi xususida qaror qabul qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring