Islom Karimov xotirasi yod etildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand viloyatida Birinchi Prezidentimiz tavallud kuniga bagʻishlangan tadbirlar Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasida Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilish bilan boshlandi.

Viloyat va shahar hokimliklari rahbarlari, faollar va jamoatchilik vakillari ishtirokida Qurʼon tilovat qilindi. Islom Karimovning mustaqil Oʻzbekiston davlatini barpo etish va xalqaro maydondagi obroʻsini oshirish, xalqimiz farovonligi yoʻlida koʻrsatgan tashabbuslari hamda Samarqandda amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari yodga olindi.

Registon maydonida oʻrnatilgan Islom Karimov haykali poyiga gulchambarlar qoʻyildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring