Ishtixon tumanida yangi klaster korxonasi ish boshladi

21:37 29 Oktyabr 2021 Jamiyat
738 0

Foto: Халқ сўзи

Davlatimiz rahbarining “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi Bolqi qishlogʻida bir necha yillardan buyon fermerlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan Oʻktam Xonnazarov tomonidan yangi “Bolqi tomorqa xizmatlari” MCHJ klaster korxonasi faoliyatini boshladi.

Ushbu korxona qiymati 6 milliard 744 million soʻmlik “yoʻl xaritasi” ni ishlab chiqdi. Unga koʻra, 2021-yilning oʻzida asosan aholiga sabzavot koʻchatlarini yetishtirib berishga moʻljallangan 5 gektar maydonga qiymati 400 million soʻmlik issiqxona, qiymati 2 milliard soʻmlik 560 kvadrat metrlik yuk saqlash omborxonasi, 175 million soʻmga teng 20 tonnalik sovutgichli omborxona, 120 million soʻmlik 2 ta urugʻ, koʻchat, mineral oʻgʻit va kimyoviy vositalar sotish doʻkoni, shuningdek, aholiga ixcham issiqxonalar qurib berish sexi, inkubator, sunʼiy urugʻlantirish maskani hamda sutni qabul qilish punktlari qurib bitkazildi. Qolaversa, soatiga 10 tonna omuxta yem ishlab chiqarish uskunasi, mini traktor, motokultivator va dori purkagichlar xarid qilindi.

Korxonaning oʻz hisobidan 2 milliard 800 million soʻm hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Jamgʻarma tomonidan 600 million soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻi ajratilib, Koreya davlatida ishlab chiqarilgan yiliga 10 ming tonna meva va sabzavotlarni quritish quvvatiga ega uskuna olib kelib oʻrnatildi.

Ayni paytda klaster korxonasi tomonidan aholiga tomorqa dehqonchiligi va chorvachilik yoʻnalishlarida oʻndan oshiq turda xizmatlar koʻrsatilmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер