Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti tashkil etildi

11:37 10 Iyun 2022 Jamiyat
681 0

Prezident qarori (PQ–275-son, 09.06.2022-y.) bilan Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti tashkil etildi.

Qarorga muvofiq, Institut yuridik shaxs maqomiga ega davlat OTM hisoblanadi.

Institutda oʻquv jarayoni 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi.

2023/2024 oʻquv yilidan Institutning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlarida fanlar majmuasidagi chet tili fanidan 4 ta koʻnikmani (tinglab tushunish, oʻqish, yozish va gapirish) baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladi. Bunda:

— chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon DTM tomonidan amalga oshiriladi;

— chet tili boʻyicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan oʻqishga kirish sinovlarida kasbiy (ijodiy) imtihonsiz maksimal ball beriladi.

Institutda talabalarga ikkita xorijiy til boʻyicha kvalifikatsiya berish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Institutning xorijiy tilda mutaxassislik fanlaridan dars beradigan S1 darajadan kam boʻlmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻqituvchilariga ularning bazaviy lavozim maoshiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama haqi toʻlab boriladi.

2023/2024 oʻquv yilidan Institutning xorijiy tillar oʻqituvchilari S1 darajadan kam boʻlmagan, 2024/2025 oʻquv yilidan esa mutaxassislik fanlari (xorijiy tildan tashqari) oʻqituvchilarining B2 darajadan kam boʻlmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlishi taʼminlanadi.

Institutga boshqa hududlardan jalb etilgan professor-oʻqituvchilar uchun uy-joy ijarasi toʻlovini kompensatsiya qilishga ruxsat etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер