Ishonchni suiistemol qilgan ishchi...
Andijon. 2019-yilning kuz oylarida fuqaro 34 yoshli Z.J. tanishi 63 yoshli A.K., ga tegishli MCHJning yurist-konsultanti ekanligidan foydalanib, A.K., ning ishonchini suiistemol qilib MCHJga xarid qilingan qiymati 14.000.000 soʻm boʻlgan eshik va derazalarni oʻzining yashash xonadoniga olib borib oʻrnatib olgan.
Bundan tashqari, Z.J. oʻzining jinoiy harakatlarini davom ettirib, takroran, A.K. ning ishonchini suiistemol qilib, unga oʻziga nisbatan sud protsessi boʻlayotganligini aytib, zararni qoplash uchun jami boʻlib 200.000.000 soʻm pullar kerakligini aytib, ushbu miqdorda pullarni qaytarib berishini vaʼda qilib, qoʻlga kiritgan shu kunga qadar qaytarib bermaganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Termiz shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring