ISHID oʻz yetakchisi yoʻq qilinganini tasdiqladi

02:59 11 Mart 2022 Dunyo
1458 0

Foto: Wikipedia  

“Iroq va Shom islom davlati” (ISHID) terrorchilik guruhi oʻz yetakchisi Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurayshining oʻlimini tasdiqladi.

“ISHID” terrorchilik guruhi yetakchilaridan biri Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurayshi yoʻq qilinganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda “Reuters” axborot agentligi.

Nashrning yozishicha, “ISHID”ning yangi rahbari sifatida Abu al-Hasan al-Hoshimiy al-Qurayishi eʼlon qilingan.

Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurayishi Suriya shimoli-gʻarbida AQSH Qurolli kuchlarining maxsus operatsiyasi natijasida oʻldirilganini maʼlum qilgandi. Unga koʻra, operatsiyada qatnashgan amerikalik harbiylar eson-omon qaytgan.

Bungacha AQSH armiyasi oʻtkazgan maxsus operatsiyada “ISHID” boshqa bir yetakchisi Abu Bakr al-Bagʻdodiy yoʻq qilingan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер