Ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

15:00 09 Dekabr 2023 Jamiyat
482 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Z.K. va D.K. oʻzaro til biriktirib, fuqaro M.R.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Buxoro Perinatal markaziga ishga kiritib qoʻyishi evaziga 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi bolalar tibbiyot reabilitatsiya markazida boʻlim boʻlim boshligʻi G.X. fuqaro A.A.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 2 000 AQSH dollari evaziga Nukus shahridagi oilaviy poliklinikaga ishga kiritib qoʻyishini aytib, 22 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер