Ish haqi toʻliq undirib berildi

11:20 05 Yanvar 2024 Jamiyat
398 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxiatosh tumani adliya boʻlimi tomonidan joriy yilning iyun oyida “Inson huquqlari – oliy qadriyat” mavzusidagi huquqiy aksiyasi doirasida davlat organlari va tashkilotlarida oʻtkazilgan sayyor qabullar hamda monitoring ishlari davomida bir qator muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.

— Jumladan, “Koʻprik-qurilish” tresti unitar korxonasi “14-son koʻprik qurilish otryadi”da ishlovchi A.A. va boshqa fuqarolarning ish haqlarini undirib berishda amaliy yordam berishni soʻrab qilgan murojaati ish yurituvga qabul qilib olindi, — deydi Taxiatosh tumani adliya boʻlimi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Atabek Gulimbetov. — Murojaatni oʻrganish davomida xodimlarga tegishli ish haqi toʻlab berilmaganligi aniqlandi.

Adliya boʻlimi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan mazkur korxonada ishlovchi xodimlarga 3 milliard 668 million soʻm ish haqi toʻliq undirib berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер