Ish beruvchi emlanmagan xodimni ishdan haydamaydi, ishdan chetlatadi – Adliya vazirligi
Vaksinatsiya olmagan xodim ishdan chetlatiladi deyildi. Ishdan chetlatish ishdan haydalish deganimi? Mazkur savolga Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Oʻrinboyeva javob berdi.
“Ish beruvchi emlanmagan xodimni ishdan haydamaydi, ishdan chetlatadi. Ishdan chetlatish vaqtinchalik holat boʻlib, vaziyat iziga tushgach, yaʼni chetlatishga sabab boʻlgan holat bartaraf etilgach xodim yana ishini davom ettiraveradi. Biroq ishdan chetlatib turilgan muddat uchun oylik maosh toʻlanmaydi”, deya javob berdi Sevara Oʻrinboyeva.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring