Iroq Bosh vaziriga suiqasd uyushtirildi
6-noyabr kuni, yakshanbaga oʻtar kechasi Bagʻdodda minalangan uchuvchisiz samolyot yordamida Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimiyning hayotiga suiqasd uyushtirildi. Bu haqda “BBC” xabar berdi.
Mahalliy telekanallar xabariga koʻra, oqibatda oʻn nafar qoʻriqchi yaralangan. Hukumat rahbari jarohat olmagan.
Bosh vazir Twitter orqali hammasi joyida ekani haqida yozdi:
“Hammasi joyida. Shukr, men xalq orasidaman va Iroq uchun tinchlik hamda xotirjamlikni saqlashga chaqiraman...”
AQSH Davlat departamenti hujumni qoraladi va uni “oshkora terrorchilik harakati” deb atadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring