Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot tizimi 24/7 rejimida ishlashga oʻtadi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank oʻrtasida Yagona gʻazna hisobvaragʻi orqali budjet toʻlovlarining 24/7 rejimida ishlash tartibi joriy etildi.
Bunda, tushumlar, soliq daromadlari va aholi tomonidan amalga oshirilgan toʻlovlarning kelib tushishi va xarajatlarning amalga oshirilishi dam olish va bayram kunlari, tong yoki tun boʻlishidan qatʼi nazar 24/7 rejimda onlayn taʼminlanadi.
Bu esa oʻz navbatida, aholi tomonidan toʻlangan toʻlovlarni tegishli budjet tashkilotlarida oʻz vaqtida koʻrish imkoniyatini yaratadi.
Misol uchun, shanba yoki bank ish kuni soat 17:00 dan soʻng toʻlangan kontrakt toʻlovlari ham tegishli universitet shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga kirim qilinishi taʼminlanadi. Shu bilan birga, budjet toʻlovlari ham shu tartibda amalga oshiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring