Yil yakuniga qadar 70 ta tumanning master rejalari ishlab chiqiladi

11:37 16 Yanvar 2024 Siyosat
373 0

Budjet tushumi uchun eng katta zaxira — yerlarni tadbirkorlarga auksion orqali sotish.

Oʻtgan yili bundan 1 trillion soʻm tushum boʻldi, 12 mingta yangi loyihalar qoʻshildi. Lekin joylardagi sustkashlik bois, oʻtgan yili 3 trillion soʻm qoʻshimcha tushum boy berildi.

Bosh vazirga yil davomida auksionga umuman yer chiqarmagan Baliqchi, Jalalquduq, Bektemir, Mirobod, Olmazor, Chilonzor, Yunusobod, Yakkasaroy tumanlari hokimlarining lavozimiga loyiqligini hal qilish topshirildi.

Davaktiv agentligi yerlarni auksionda sotish boʻyicha 4 trillion soʻmlik rejani tumanbay ishlab chiqishi va ijrosini taʼminlashi belgilandi.

Tumanning master rejasi boʻlsa, bu juda katta mablagʻ, tadbirkorlar va bandlik uchun manba boʻladi. Lekin hozirgacha bor-yoʻgʻi 17 ta kichik aholi punktining master rejasi tayyorlandi.

Iqtisodiy kompleks rahbariyatiga yil yakuniga qadar 70 ta, kelasi yili barcha tumanlarning master rejalarini ishlab chiqishga topshiriq berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер