Iqtidorlilar ijodiy imtihonda saralanmoqda
Foto: Xalq so‘zi
Kechadan boshlab Namangan davlat universitetining musiqa taʼlimi yoʻnalishi abituriyentlari ham kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirishga kirishdilar. Joriy yilgi qabul mavsumida mazkur yoʻnalishning kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllariga 492 nafar yigit-qiz hujjat topshirdi.

Musiqa va sanʼat sohasida oliy maʼlumot olishni maqsad qilgan yoshlar orasidan eng iqtidorlilarini saralab olishda ijodiy imtihon eng samarali va shaffof usulligi amalda isbotini topmoqda.
Namangan davlat universiteti qabul komissiyasi maʼlumotiga qaraganda, dastlabki kunning oʻzida 50 nafar abituriyent oʻz ijodiy salohiyatini namoyish etdi. Tasdiqlangan jadvalga koʻra, mazkur yoʻnalish abituriyentlari 10-avgustga qadar kasbiy (ijodiy) imtihondan oʻtadilar.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring