Ipoteka krediti boʻyicha subsidiya berish yana boshlandi
Subsidiya daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga ijtimoiy mezonlar asosida beriladi. Subsidiyalar bir oilaga (oila aʼzolarining bittasiga) faqat 1-marta beriladi. Fuqarolar ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza yuborishlari mumkin.
Maʼlumot uchun:
— qishloqlarda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 3 baravaridan (2 mln 466 ming soʻm) 6,9 baravarigacha (5 mln 671 ming 800 soʻmgacha);
— Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (hozirda 2 mln 466 ming soʻm) 8 baravarigacha (6 mln 576 ming soʻmgacha);
— Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 466 ming soʻm) 9,2 baravarigacha (7 mln 562 ming 400 soʻmgacha) boʻlgan oilalar yuqori daromadga ega emas, deya eʼtirof etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring