iPhone SE 3 haqidagi ilk maʼlumot koʻpchilikning hafsalasini pir qildi
Shu kunlarda internet sahifalarida yangi iPhone SE smartfoni haqida maʼlumotlar tarqalmoqda. Unga koʻra, yangi model 5G tarmogʻi hamda yangi chipsetga ega boʻladi.
Macotakara blogining xabar berishicha, smartfon dizayni iPhone SE (2020) qurilmasiniki bilan bir xil boʻladi, yaʼni unda 4.7 dyuymli LCD displeyi boʻlib, atrofidagi ramkalar qalinlashadi. Shuningdek, displey ostida uy tugmasi boʻlib, u bir vaqtning oʻzida Touch-ID vazifasini bajaradi.
Qurilma taxminan 2022-yilning bahorida taqdim etiladi. Ayrim xabarlarga koʻra, Apple kelasi yili mini seriyasini ishlab chiqarishni toʻxtatadi. Uning oʻrnini esa SE modeli egallashi kutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring