Investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish boʻyicha yangi mexanizmlar ishga solinadi — Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan videoselektorda bu haqda taʼkidlandi.
Endilikda har bir tuman va shaharning mahalliy sanoat boʻyicha ishga solinmagan imkoniyat va salohiyatlari aniqlanib, manzilli investitsiya loyihalari ishlab chiqiladi.
Misol uchun, hisob-kitoblarga koʻra, mamlakatimizda qoʻshnilarni ham hisobga olganda, mebel mahsulotlari bozori 2,5 milliard dollarga teng va bu juda katta imkoniyat. Lekin bugungi kunda respublika boʻyicha 5,5 mingta mebel korxonasidan 1,5 mingtasi aholi xonadonlarida joylashgan boʻlib, ularni sanoatlashtirish orqali kamida mingta loyihalarni amalga oshirish mumkin.
Shu bois, joriy haftada mebel sanoatini rivojlantirish boʻyicha imzolangan qarorga muvofiq, 15 ta tuman (shahar) mebelsozlikka moslashtirildi.
Nukus, Andijon, Oltinkoʻl, Romitan, Qarshi, Karmana, Pastdargʻom, Uzun, Bagʻdod, Oʻrtachirchiq, Xonqa tumanlari, Jizzax, Qarshi, Namangan va Yangiyer shaharlarida klaster shaklidagi mebelchilik kichik sanoat zonalari tashkil etilib, 200 million dollarlik 450 ta loyiha joylashtiriladi va kamida 8 mingta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Prezident bunday loyihalarni charm-poyabzal, elektrotexnika, toʻqimachilik, farmatsevtika, zargarlik, qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoati kabi yoʻnalishlarda ham amalga oshirish boʻyicha mutasaddilarga topshiriq berdi.
Elektrotexnika va dori-darmon mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi yana-da kengayadi
Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektorda yil yakuniga qadar elektrotexnika ishlab chiqarish hajmini 15 trillion soʻmga yetkazish, buning uchun umumiy qiymati 140 million dollarlik 45 ta loyihani ishga tushirish boʻyicha topshiriq berildi.
Shuningdek, Farmatsevtika agentligi viloyat hokimlari bilan birga, joriy yilda umumiy qiymati 146 million dollarlik 36 ta loyihani ishga tushirishi zarurligi qayd etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring