Interpol odam savdosi uchun qidiruvda boʻlgan ayolni qoʻlga oldi

14:37 05 Fevral 2022 Jamiyat
1010 0

BAAda odam savdosida gumonlanib qidiruvda boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, ayol qizlarga yaxshi maoshli ishga va'da berib, BAAga olib ketgan. U yerda ularning pasportlarini olib, fohishalik bilan shugʻullanishga majburlagan.

Ayol sudlanuvchi sifatida sirtdan hukm qilingan. 2013-yildan beri u Interpol orqali xalqaro qidiruvga berilgan.

Qayd etilishicha, Interpol tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ayol BAA huquq-tartibot idoralari tomonidan qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер